Alisher Usmonovning USM xoldingiga qarashli “Ackermann Cement” MChJ ochiq kimoshdi savdosida “Kaluga sement zavodi” MChJni sotib oldi. Bitim narxi 8,95 mlrd rublni tashkil qiladi.

Korxonaning ishlab chiqarish hajmi kelgusida yiliga 3,5 million tonnaga yetishi mumkin. Ammo ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun yana 30 milliard rubl sarmoya kiritilishi kerak bo’ladi va loyiha uzoq vaqt saqlash va jihozlarni yetkazib berish bilan bog’liq xavflarga ega, deya ta’kidlaydi ekspertlar.

To’liq qurib bitkazilmagan zavod 2007-yildan buyon amalga oshiriladi. 2021- yil o’rtalaridan boshlabsement zavodi kim oshdi savdosida sotilishi rejalashtirilgan edi. Dastlab aktiv 27,5 milliard rublga baholangan.

Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha har yili 3,5 million tonna sement ishlab chiqarish va 400 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalari hali ham amalda ekanini aytib o’tgan.