Moda startaplari uchun xalqaro inkubator dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Fashion Incubator Tashkent (FIT): Loyiha Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Toʻqimachilik sanoati uyushmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kimlar uchun:
18 yoshga to‘lgan, biznes g‘oyasi yoki mavjud biznesiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
- Moda industriyasida loyiha g’oyasiga ega bo’lishi yoki 24 oydan ortiq bo’lmagan muddatda sohada biznes yuritgan bo’lishi;
- Dizayn bo’yicha kollej darajasiga ega bo’lishi yoki oxirgi semestrda bo’lishi kerak.
Dasturda ishtirok etish uchun 15 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
- Dastur darslarida (seminarlar, lagerlar, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar) ishtirok etish mutlaqo bepul.
- Ijtimoiy (soft) va professional (hard skills) ko’nikmalarni rivojlantirish
- Biznes g’oyani tayyor biznes-rejaga aylantirish qobiliyati.
Tugash muddati: 2022-yil 30-aprel