Hukumat qarori (203-son, 20.04.2022-y.) bilan Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda ish beruvchi nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hujjatlarni 3 ish kunida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga toʻlab beriladi.
Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi
Nizomga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 588
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 21:00 Iqtisodiyot
IMEI sabab telefonlarni bojxonada rasmiylashtirish to‘xtatilib, bir sutkada tiklandi. Nima bo‘ldi va nimalar o‘zgardi?
Toshkent aeroportida xorijdan olib kelingan telefonlar yana rasmiylashtirilmoqda. Spot nima sodir bo‘lgani, yo‘lovchilar uchun qanday o‘zgarishlar yuz bergani va ekspertlar vaziyatga qanday baho berayotganini o‘rgandi.
Bugun, 20:32 Transport
Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini asosan 30 yoshgacha bo‘lganlar to‘lamayapti
2026-yilning yanvar-oktabr oylarida 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bugun, 18:59 Iqtisodiyot
Markaziy bank oktabrda 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Yana bir bank va bitta mikromoliya tashkilotiga ogohlantirish berildi.
Bugun, 18:55 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,75 so‘mga pasayib, 11 964,27 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 18:24 Iqtisodiyot
O‘zbekiston JSTga kirgach, mobil qurilmalar uchun boj nolga tushiriladi — Bojxona qo‘mitasi
Shu hisobiga telefonlar aholi uchun 5% gacha arzonlashadi, biroq qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlanib qoladi. Budjet esa 300−400 mlrd so‘m tushumdan mahrum bo‘ladi.
Bugun, 17:05 Iqtisodiyot
Toshkent aeroportida xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni IMEIdan o‘tkazish tiklandi
Bundan buyon IMEI kodi o‘zgartirilganiga shubha tug‘ilganda bojxona xodimlari aeroportda doimiy ishlaydigan UzIMEI markazi vakillariga murojaat qiladi.
Bugun, 17:00 Biznes
O‘ziga ish haqi to‘lashni qanday to‘g‘ri tashkil etish kerak: biznes egasi nimalarni bilishi muhim
“Kapitalbank"ning maxsus loyihasi doirasida biznes egasi shaxsiy va korporativ moliyani qanday ajratishi, to‘lovlar miqdorini belgilashi va kassa uzilishlarining oldini olishi haqida.
Bugun, 16:15 Iqtisodiyot
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln qarz ajratadi
Qarzdan tashqari, loyihaga $8 mln grant ham ajratiladi. Loyihaning umumiy qiymati $68 mlnni tashkil etadi.