2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Batumi — Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi.

Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

chorshanba kunlari:

  • Toshkentdan uchish: 14:30
  • Batumiga qo‘nish: 17:15
  • Batumidan uchish: 18:45
  • Toshkentga qo‘nish: 23:00

shanba kunlari:

  • Toshkentdan uchish: 06:35
  • Batumiga qo‘nish: 09:20
  • Batumidan uchish: 10:50
  • Toshkentga qo‘nish: 15:05

Muhim: Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etishingiz kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat). Test oldindan tasdiqlanishi va havolada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Toshkent — Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent — Batumi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 27.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Avvalroq Spot, 15-maydan boshlab Buxoro-Istanbul yangi xalqaro yo’nalishi bo’yicha muntazam aviaqatnovlar yo’lga qo’yilishi haqida xabar bergan edi.