“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Rossiyaning “Мир” toʻlov tizimi kartalaridan chiptalar uchun toʻlovlarni qabul qila boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati yozmoqda.

Ushbu karta orqali Oʻzbekiston boʻylab qatnovchi poyezdlarga chiptalar uchun toʻlov qilishi mumkin. Bu yechim Samarqand, Buxoro yoki Xivaga tashrif buyurishni xohlovchi mahalliy bank kartasi boʻlmagan sayyohlar uchun qulay, deya qayd etadi kompaniya.

Rossiyalik sayyohlar sanksiyalar tufayli xorijda toʻlash imkoniyatidan haqiqatda mahrum boʻlishdi. Ularning kartalari “Stripe” servis xizmatidan uzilganligi bois elektron tijoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Oʻzbekistonda “Мир” tizimi yagona agregator Payment Aggregation System orqali faoliyat koʻrsatadi. Xuddi shu kompaniya PaySys toʻlov tizimiga egalik qiladi va 2021-yil noyabr oyida QIWI Uzbekistan elektron pul tizimining operatori boʻldi.

Mart oyi boshida rossiyalik turoperatorlar Oʻzbekistonga sayohatga qiziqish ortishini prognoz qilgan edi. Mamlakatda “Мир” kartalarining keng qabul qilinishi oxirgi omil emas.