Prezident farmoniga koʻra, kavrak yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan.

Xususan, 1-maydan boshlab 3 yil davomida kavrak yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 80%ini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan foyda, mol-mulk va yer soligʻi, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50% miqdorida qoʻllaniladi.

Joriy yilning 1-iyulidan to 2025-yilgacha “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi tizimidagi subyektlarda faoliyat olib borayotgan mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorda undirilandi.


Kavrak — (Ferula) turkumi soyabonguldoshlar (umbelliferae) oilasiga mansub boʻlib, koʻp yillik oʻt oʻsimligi hisoblanadi. Kavrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, Oʻrta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. Smola — yelim olishda sassiq kovrak, Koʻxiston kovragi kabi turilari ishlatiladi.

Kovrak respublikamizning Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston respublikasining qumli choʻllar, adirlar, togʻlar va togʻoldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda oʻsadi.