Jahon banki Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan hisobotini eʼlon qildi.

Hisobotda qayd etilganidek, hokimiyat islohotlarning navbatdagi bosqichiga ulkan maqsadlarni koʻzlagan holda tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, 2026-yilga borib aholi oʻrtasida qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish, shuningdek, 2030-yilga borib oʻrtacha daromad darajasi yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kirish rejalashtirilgan.

“Bu maqsadlarga yanada jadal ish oʻrinlari yaratish va fuqarolarning iqtisodiy jarayonlarda, jumladan, yoshlar, ayollar va nogironlar ishtirok etishi uchun imkoniyatlarni oshirish orqali erishish mumkin”, — deyiladi hisobotda.

Toʻrt yoʻnalishdagi taraqqiyot maqsadga erishishga yordam beradi:

  • xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish va barqaror ish oʻrinlarini yaratish;
  • davlatning iqtisodiyotdagi rolini isloh qilish;
  • fuqarolar manfaatlariga va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga sarmoya kiritish;
  • ekologik barqaror kelajakni qurish.

Hujjatda, shuningdek, yuqoridagi sohalarda ustuvor islohotlarga eʼtibor qaratish zarurligi qayd etilgan:

  1. Mamlakatda xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida yer, mehnat va moliyaviy resurslarni taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish, xususiy sektorda raqobatni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-meʼyoriy bazani takomillashtirish, samarali xizmat koʻrsatishni rivojlantirish zarur. Shuningdek, xususiy sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi bozorini isloh qilishni jadallashtirish, shu jumladan, ularning faoliyatiga davlat aralashuviga chek qoʻyish bosh maqsad qilib olingan.
  2. Bozor iqtisodiyotini davlat koʻmagida rivojlantirish uchun asosiy tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi funksiyasidan bozorni rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi funksiyaga oʻtib, uning rolini oʻzgartirishni jadallashtirish, uning ulushini kamaytirish zarur. Iqtisodiyotda davlat kompaniyalari va ularning samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va turli hokimiyat organlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat funksiyalarini markazsizlashtirishni davom ettirish koʻzda tutilgan.
  3. Inson kapitalini rivojlantirish uchun taʼlim tizimining sifatini oshirish, uning faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, maktabgacha taʼlim va oliy taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligini va fuqarolar uchun qulayligini oshirish, qashshoqlik darajasini oshirish zarur. Oʻlchov tizimi, unga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlari va ularning maqsadli yoʻnalishi, aholining zaif qatlamlarini mehnat bozorida keng ishtirokini ragʻbatlantiruvchi davlat siyosatini ishlab chiqish shular jumlasidandir
  4. Ekologik barqaror kelajakni barpo etish uchun tabiiy resurslarni samarali boshqarish, atmosferaga gazlar, chiqindilarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiya qilish, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish tizimini takomillashtirish choralarini koʻrish zarur.

Avvalroq Spot Jahon banki Oʻzbekistonga soliq islohoti uchun $60 mln ajratgani haqida yozgan edi.