Bir necha oylardan beri Rossiyada chet elga bir tomonlama aviachiptalar soni 70% ga yetdi. Oʻzbekiston qaytish chiptalarisiz buyurtma qilingan eng mashhur yoʻnalishlar roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda RBC xabar bermoqda.

Aerclub kompaniyasi vakilining soʻzlariga koʻra, rossiyalik menejerlar qaytish chiptalarini sotib olish ehtimoli kamaygan, bu konsalting, moliyaviy va IT kompaniyalari xodimlariga tegishli. Mart oyida bu koʻrsatkich 70 foizga, aprelda 47 foizga yetdi. 2019-yilda bu koʻrsatkich qariyb 30 foizni tashkil etdi.

“2019 yil bilan taqqoslash biz uchun eng dolzarb boʻlib tuyuladi, chunki bozor barqaror holatda edi va, masalan, COVID-19 kabi ekstremal taʼsirlarga duchor boʻlmagan”, deb tushuntiradi Aerclub vakili.

Bunday xulosa kompaniya orqali 2019, 2021 va 2022-yillarning birinchi choragi va aprel oylarida amalga oshirilgan 1 milliondan ortiq tranzaksiyalar tahlili natijasida qilingan. Tranzaksiya deganda bitta aviachipta yoki bitta mehmonxonani bron qilish uchun toʻlov tushuniladi.

Aeroclub maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondan tashqari, mart-aprel oylarida qaytish chiptalarisiz buyurtmalar eng koʻp amalga oshirilgan davlatlar Turkiya, Qozogʻiston, Isroil, Armaniston, Ozarbayjon va Birlashgan Arab Amirliklari boʻlgan.