Prezident qarori bilan quyidagi shaxslarga bir martalik yordam beriladi:

yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming soʻmdan;
  • Toshkent shahrida — 400 ming soʻmdan.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga — 200 ming soʻmdan.

Shuningdek, bir martalik yordam puli olmagan ehtiyojmand aholiga bepul un tarqatiladi.

Prezident qaroriga koʻra, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari:

  • “Temir daftar"ga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantirsin hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatadi;
  • ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatishni yoki naqd pul koʻrinishida moddiy yordam koʻrsatib borishni taʼminlaydi.