Markaziy bank rahbariyati Janubiy Koreyaning BNK Financial Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati yozmoqda.

Tomonlar xorijiy investorlarning Oʻzbekiston bank va mikromoliya bozorlariga kirishi shartlarini muhokama qildilar. Markaziy bank vakillari mehmonlarga respublikada xorijiy investorlarga qoʻyiladigan talablar haqida batafsil soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, BNK xodimlari mahalliy bozorning sarmoyaviy salohiyati va xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishdilar. Bank-moliya sohasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi ishlarning “ijobiy natijalari” boʻldi.

Suhbat natijasida BNK vakillari “[Oʻzbekiston] bank va mikromoliya bozorlarida boʻlishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

BNK nima

Bank va moliyaviy xolding BNK Financial Group Inc 2011-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pusanda joylashgan. Kompaniya keng koʻlamli xizmatlarni — bank, investitsiya, brokerlik, mikrokredit, lizing va boshqalarni taqdim etadi.

Xoldingning 2021-yildagi foydasi 791 mln koreys vonini ($629,7 mln) tashkil etdi. BNK 2022-yil uchun Forbes Global 2000 reytingiga kiritilgan.