“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-289-son, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:

  1. Urganch davlat pedagogika instituti;
  2. Namangan davlat pedagogika instituti;
  3. Guliston davlat pedagogika instituti;
  4. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  5. Andijon davlat pedagogika instituti;
  6. Buxoro davlat pedagogika instituti;
  7. Termiz davlat pedagogika instituti;
  8. Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  9. Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  10. Jizzax davlat pedagogika universiteti.

2022/2023 oʻquv yilidan:

  • ️maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qoʻllanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
  • ️pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan 2−4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida) olib boriladi.

️Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-oʻqituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari koʻriladi.