May oyida Oʻzbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin xarid qilib, zaxiralari hajmini kengaytirdi. Bu haqda “World Gold Council” ma’lumotlarida keltirilgan.

Taqqoslash uchun mazkur davrda Turkiya 13 tonna, Qozog‘iston 6 tonna, Qatar 5 tonna va Hindiston 4 tonnaga oltin zaxiralarini oshirdi.

Bundan farqli oʻlaroq, Germaniya oy davomida yagona sotuvchi boʻlib, oltin zaxiralarini 2 trln.ga qisqartirdi.

Zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” hisoblani, ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur.

Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga koʻra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.

2022-yilning 1-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $35,4 mlrd.ni tashkil qiladi. Oltin zahirasi pul bilan ifodalanganda yil boshida $20,95 mlrd, iyun oyida esa 21,1 mlrd.ga baholandi.