“IT Park” 2022-yilning birinchi yarmida rezidentlar tomonidan amalga oshirilgan eksport ko‘rsatkichlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, amalga oshirilgan eksport hajmi 53,2 mln.ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 baravarga oshdi.

Kompaniyaning keltirishicha, joriy yilning oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni $100 mln.ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Eksport hajmining eng ko‘p ulushi, ya’ni 88%i AQShga to‘g‘ri keldi.

Qolgan ulush esa Buyuk Britaniya, Germaniya, MDH va BAAning hisobiga tegishli.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda “IT Park” rezidentlari soni 747 ta kompaniyani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 589 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Bu davrda 74 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilindi. Yana 110 ta kompaniya esa rezident maqomi berilishiga rad javobini oldi.

“IT Park” rezidentlari qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, O‘zbekistonda IT-mutaxassislar sonini ko‘paytirmoqchi.


Avvalroq “Spot” “Investitsiyalarni jalb qilish uchun taqdimot ishlab chiqarish” onlayn ma’ruzasiga qabul boshlangani haqida yozgandi.

Startaplar trekeri Andrey Asachuk ma’ruza o‘tkazishi kutilmoqda.