O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Saudiya Arabistoni ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 36 ga yetdi, xabar bermoqda “Dunyo”.
Unga ko‘ra, qiymati $2,7 mlrd.lik 4 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar qiymati $287 mln.ni tashkil etdi.
Joriy yilda o‘zaro savdo hajmi 2021-yilning shu davriga nisbatan 13 baravar oshgan.
Bu ko‘rsatkich asosan to‘qimachilik, meva-sabzavot, plastmassa va metall buyumlarni o‘zaro yetkazib berishda qayd etilgan.
Oʻtgan olti oyda Oʻzbekiston $4,5 mlrd.lik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirdi.
Natijada, prognoz ko‘rsatkichlari 117% ga yetdi.
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun 50% miqdorida haq undirilishi belgilandi.