Endilikda qurilish jarayonlari BIM texnlogiyasi asosida amalga oshiriladi, xabar beradi Qurilish vazirligi matbuot xizmati.

“Building Information Modeling” — binoning raqamli modelini yaratishni ko‘zda tutadi. Buyuk Britaniya va Singapur kabi mamlakatlarda loyihalash va qurilish jarayonlari BIM texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikga ko‘ra, qurilishda BIM texnologiyalarini qo‘llash sof foydani 25%gacha, rentabellik indeksini 14−15%gacha ortishiga xizmat qiladi.

Investitsiyalarning o‘zini oqlash davrini 17%ga kamaytirib, qurilish harajatlarining qisqarishi hisobiga loyihaning tannarxini 30%gacha arzonlashtiradi.

Qurilish vazirligi tomonidan sohaga BIM texnologiyalarini joriy etishning 2024-yilgacha bo‘lgan “Yo‘l xarita"si ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, BIM texnologiyasi va qurilish jarayonlari ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar yagona standartlar asosida, markazlashgan server orqali muvofiqlashtirib boriladi.

2023-yilda davlat investitsiya dasturiga kiritilgan va namunaviy loyihalar asosida yangidan quriladigan obyektlarning respublika bo‘yicha kamida 70 tasi tanlab olinadi. Ularni loyihalash uchun hududlarda salohiyatli loyiha va hududiy ekspertiza tashkilotlari tayyorlanadi.

Obyektlarni qurish uchun xar bir xududdan tajribali loyiha tashkilotlari tender orqali saralab olinadi. Loyihalash BIMning ikkinchi darajasi ya’ni, 5D modelda amalga oshiriladi.