O‘zbekistonda yil oxiriga qadar suyultirilgan gaz tashish hajmini 3,6 ming tonnagacha oshiradigan qo‘shimcha vagon-sisternalar sotib olinadi.

Shuningdek, saqlash hajmini kengaytirish uchun gaz quyish shoxobchalariga 22 ta sig‘imlar o‘rnatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” AJ boshqarma boshlig‘i Rahmatulla Mannonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilgacha mamlakatda suyultirilgan gaz hajmining oylik fondini bosqichma-bosqich 56 ming tonnagacha oshiriladi.

Bundan tashqari, 69 ming dona gaz ballonlarini aholiga foydalanish uchun yetkazib beriladi.

Shuningdek, “Isuzu” markali 31 ta yuk tashuvchi avtomobillar sotib olish hisobiga gaz ballonlarini tashishga mo‘ljallangan mavjud avtotransport parkini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Bular xonadonlarga suyultirilgan gaz tashish hajmini oyiga o‘rtacha 1,9 tonnaga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” iyun-iyul oylarida gaz quyish shoxobchalari tomonidan 41 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlangani haqida yozgandi. Bu 209 mingga yaqin xonadonning yoz mavsumidagi bir oylik isteʼmoliga teng.