Saudiya Arabistonining “Jamjoom Pharma” farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga $52 mln.dan ortiq sarmoya kiritish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deya xabar berdi “Arab News” nashri.

Unga koʻra, farmatsevtika kompaniyasi Oʻzbekistonda o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirilmoqda.

“Biz allaqachon 30 dan ortiq mamlakatlarda ishlaymiz. Endi biz ushbu sohada Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishga harakat qilamiz. Kompaniyamiz O‘zbekiston, Afg‘oniston va Turkmaniston hududini qamrab oladi”, dedi Jamjum.

Jamjumga ko‘ra, O‘zbekistondagi jarayonlar nazorat qiluvchi organlardan ruxsat olinsa, tez orada boshlanadi.

“Biz fayllarni yuboramiz. Keyin mahsulotni O‘zbekistonda taqdim etishni boshlaymiz. Va bosqichma-bosqich mahalliy ishlab chiqarishga ega bo‘lamiz”, — deya qo‘shimcha qildi rais o‘rinbosari.

Kompaniya haqida

Jamjoom Pharma” farmatsevtika kompaniyasi Saudiya Arabistonida tijorat faoliyatini 2000-yilda boshlagan. Uning zavodlarida 100 ta dori va qo‘shimchalar ishlab chiqariladi. Kompaniya Yaqin Sharq, Afrika va MDH mamlakatlarida, xususan, Qozog‘istonda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda.


“Spot” avvalroq O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan umumiy qiymati $14 mlrd.dan ortiq bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolagani haqida yozgandi.