“Yagona umumrespublika prosessing markazi” (Uzcard) kompaniyasining davlatga tegishli ulushlarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi, xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Unga ko‘ra, kompaniyaning 75% davlat ulushi mustaqil baholash tashkilotini jalb etgan holda baholatib sotilishi belgilandi.

Xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Uzcard"ning ustav kapitalidagi tegishli 5 ta davlat bankning jami 75% ulushi agentlikka o‘tkazilgandi.

Kompaniya haqida

Bugungi kunda “Uzcard” O‘zbekistonning 32 ta bankiga va “PayMe”, “Click”, “Uzpaynet” kabi to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Tizim “Uzcard” plastik kartalariga xizmat ko‘rsatib, elektron shaklda naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.


Avvalroq “Uzbekistan Airways” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.