“FIRST Global Challenge” musobaqasiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” ma’lum qildi.

Robototexnika bo‘yicha o‘tkaziladigan mazkur musobaqaning respublika bosqichi joriy yilning 27−28-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Milliy saralash bosqichida g‘olib chiqqan jamoa 2022-yil 13−16-oktabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan “FIRST Global Challenge” musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

3−4 nafar talaba (14 yoshdan 18 yoshgacha) va 1 nafar murabbiydan (18 yoshdan katta) iborat jamoa ishtirok eta oladi.

Shuningdek, jamoa bilan ishlashuvchi a’zolar yoki texnik murabbiylar soniga cheklov qo‘yilmagan.

Ammo rasmiy vakolat ko‘pi bilan to‘rt nafar talabaga va bitta katta ustoz yoki murabbiyga beriladi.

Ishtirok etish uchun arizani 25-avgustga qadar havola orqali yuborish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Tanlov haqida

FIRST Global Challenge“- har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro robototexnika musobaqasi.

“FIRST Global” har bir mamlakatni musobaqa robotini yaratish va uni dasturlash uchun jamoa yuborishni taklif qiladi.

Bellashuvlar davomida yoshlar o‘zaro fikr almashish va hamkorlikni rivojlantirish orqali eng dolzarb muammolardan birini hal qilish ustida bosh qotirishadi.


Avvalroq “Spot” “AntiHack Challenge” turnirining g‘oliblari aniqlangani haqida yozgandi.