Xorijdagi o‘zimiznikilar: Germaniyada faoliyat yuritayotgan Ramuza Makhammetsheripova hikoyasi
Ramuza Spot’ga DAAD grantiga hujjat topshirish va tayyorgarlik jarayoni, Germaniyada ta’lim olish va talabalik muhiti, shuningdek, xalqaro kompaniyada ish boshlash tajribasi haqida so‘zlab berdi.

Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash bekor qilinadi
Kredit tarixida kechikishi bor ehtiyojmand aholining loyihalari ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtiriladi.
Amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Riz tavsiya qilgan 5 ta kitob
Mark Riz 15 yil davomida Abdulla Qodiriyning O‘tkan kunlar romanini ingliz tiliga tarjima qildi. U Spot’ga 2500 ta kitobdan iborat shaxsiy kutubxonasi hamda hayoti va dunyoqarashini shakllantirgan beshta asar haqida so‘zlab berdi.
Urganch aeroporti va Xiva o‘rtasida muntazam poyezd qatnovi boshlandi. Narxlar
CR200J tezyurar poyezdi har kuni ertalab Xivaga, kechqurun esa Urganchga qatnaydi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkent va Andijon o‘rtasida sinov tarzida tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi.
Xitoydan olib kelingan poyezd 160 km/soat tezlikda harakatlanib, Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofani qariyb 3 soatda bosib o‘tadi. - Naqd to‘lovlar uchun maksimal limit 7 baravarga oshib, 176 mln so‘mga yetkaziladi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari reytingidan qat’i nazar beriladi. - 2027-yildan yagona bojxona to‘lovi stavkasi 20% etib belgilanadi.
Tranzit deklaratsiyalarini transport vositalari chegara bojxona postiga yetib kelishidan oldin taqdim etish imkoniyati yaratiladi. - Tailand 15-sentabrdan O‘zbekiston uchun vizasiz rejimni bekor qiladi.
93 davlat uchun amal qiluvchi vizasiz rejim 30 kungacha qisqartiriladi va faqat 60 ta davlat fuqarolariga amal qiladi. - Bank of Georgia egasi O‘zbekistondagi yirik banklardan birini sotib olmoqchi.
Lion Finance Group yangi bozorlarga top-3 banklarni sotib olish orqali chiqishni rejalashtirmoqda, kichik banklarni esa ko‘rib chiqmayapti. - O‘zbekiston Hindiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi.
Yangi tartib xalqaro tan olingan ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega Hindiston fuqarolariga tatbiq etiladi. - Hokimlar va banklar kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Hududlarda hokimlar boshchiligida shtablar tuzilib, iqtisodiy kompleks haftada uch kun bandlik va kambag‘allik masalalari bilan shug‘ullanadi. - O‘zbekistonda biznesi yurishmagan 62 ming aholi bankdan olgan qarzini qaytarishga qiynalmoqda.
Shuningdek, hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil etilgan 86 mingta kichik korxonaning 15 mingi, ya’ni 17%i faoliyatini to‘xtatgan. - Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lgunigacha nafaqa to‘lanadi.
Ijtimoiy reyestrga kiritishda oilaning daromadi bilan birga nogironlik, surunkali kasallik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlashi kabi omillar ham hisobga olinadi. - Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Muxsinxo‘ja Abdurahmonov tayinlandi.


