Prezident Qoraqalpog‘istonda agrar sohadagi masalalarni hal qilish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va g‘alla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yo‘lga qo‘yiladi.

Ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard so‘m va dehqonlarga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Mablag‘lar har bir quduqni burg‘ilash va ishga tushirish uchun yo‘naltirilishi ta’kidlandi.