28-avgust kuni “FrontSpot” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, xabar berdi “IT Park”.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish vaqti tugashiga ikki kun qoldi.

Spikerlar — “EPAM” ning bosh dasturiy ta’minot muhandisi Saidazizxon Akbarov, “EPAM” Agile Team Manager Farhod Ataxo‘jayev hamda “Google” dasturiy ta’minot muhandisi Bahodir Ashirmatov.

Ular “Microfrontend Architecture”, “Scrum vs Developers: nima uchun dasturchilar Scrum tuzog‘iga tushib qolishadi va qanday qilib Agile fikrlashni boshlash kerak?” va “Dasturlash musobaqalari orqali “Google"gacha bo‘lgan yo‘l” mavzularida chiqish qilishadi.

Darvoqe, uchrashuv mutlaqo ingliz tilida o‘tkaziladi hamda birinchi muloqotni Saidazizxon Akbarov boshlab beradi.

MeetUp da qatnashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

28-avgust kuni soat 17:00 da Toshkent shahridagi “IT Park Education"da bo‘lib o‘tadi.