O‘zbekiston Sibirga 200 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Unga ko‘ra, milliy mahsulotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, dehqon va fermerlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish kelishilgan.

Shuningdek, Novosibirsk shahridagi “Rusagromarket”, “Aziya-Sibir” korxonalari, Krasnoyarsk shahridagi “Savdo logistika markazi” kompaniyalari bilan O‘zbekiston mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Avvalroq Iordaniya O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘ygan cheklovlarini bekor qilgandi.