“Tinkoff Business” yuridik shaxslar O‘zbekiston va Armaniston kontragentlar bilan hisob-kitob qilishi uchun yevro va dollarda cheklovsiz o‘tkazmalarni amalga oshirishni e’lon qildi.

Shuningdek, tez orada O‘zbekistondagi banklarga so‘mda, Armanistonga esa arman dramida pul o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirda mijozlar Xitoyga dollar va yuanda valyuta to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Kompaniya mahsulotlar bo‘limi rahbari Leonid Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘plab rus kompaniyalari xorijiy kontragentlar bilan hisob-kitob qilishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

“Biz mijozlarimizning xorijiy yetkazib beruvchilar bilan aloqalarini soddalashtirish yo‘llarini izlayapmiz. Buning uchun Armaniston va O‘zbekiston banklari bilan vakillik aloqalarini o‘rnatdik, endi bu ikki mamlakat kompaniyalari bilan valyuta hisob-kitoblari ancha tezlashadi”, — dedi Nazarov.

Kompaniya haqida

Tinkoff Business” kichik, o‘rta va yirik biznes uchun moliyaviy va texnologiya mahsulotlarini birlashtiradi.

Tizim 800 ming rossiyalik tadbirkor va kompaniyalarga xizmat ko‘rsatib, asosiy bank mahsulotlarini o‘z ichiga oladi.

Ular orasida: hisob-kitob va kassa xizmatlari, ish haqi loyihalariga kredit mahsulotlari va boshqalar.