HeadHunter kompaniyasi hh.uz saytida joylashtirilgan ish beruvchi kompaniyalar tomonidan joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlarining tahlili asosida avgust holatiga ko‘ra (Spot'da mavjud) mehnat bozorining ko‘rinishini tayyorladi.
Mazkur davrda eng yuqori haq to‘lanadigan ish haqi konsultantlarga taklif etilgan — o‘rtacha 11,6 mln so‘m.
Keyingi o‘rinda 10,6 mln so‘m ish haqi bilan IT mutaxassislari turibdi.
Top-menejerlarga bu oyda 9,6 mln so‘m ish haqi taklif etilgan.
Ish beruvchilarning deyarli 60%iga 1−3 yillik tajribaga ega xodimlar kerak.
Barcha sohalar bo‘yicha ish beruvchilar takliflari, so‘mda:
Sohalar | O’rtacha ish haqi | Maksimal ish haqi |
Konsultatsiya (maslahat) berish | 11 608 448 | 46 740 200 |
Axborot texnologiyalari, internet, telekom | 10 655 758 | 43 990 659 |
Yuqori menejment | 9 604 128 | 19 999 964 |
Buxgalteriya, boshqaruv hisobi, tashkilot hisoblari | 9 452 914 | 15 946 648 |
Yuristlar | 8 568 958 | 32 993 040 |
Sotuvlar | 8 144 905 | 19 999 964 |
Ilm-fan, ta’lim | 6 700 298 | 14 499 978 |
Qurilish, ko‘chmas mulk | 6 650 014 | 21 956 712 |
Xaridlar | 6 481 073 | 10 997 620 |
Banklar, investitsiyalar, lizing | 6 450 143 | 19 999 964 |
Tibbiyot, farmatsevtika | 6 265 827 | 14 999 928 |
Ishlab chiqarish | 6 231 641 | 14 846 904 |
Kadrlar boshqaruvi, treninglar | 5 890 684 | 14 000 029 |
Marketing, reklama, PR | 5 643 425 | 12 500 000 |
San’at, mass-media | 5 465 619 | 12 500 000 |
Transport, logistika | 4 927 323 | 12 500 000 |
Ishchi xodimlar | 4 876 496 | 14 846 904 |
Turizm, mehmonxonalar, restoranlar | 4 743 550 | 10 997 620 |
Ma’muriy xodimlar | 4 633 575 | 9 897 876 |
Xom-ashyoni qazib olish | 4 114 815 | 7 499 964 |
Avtomobil biznesi | 4 022 386 | 10 999 971 |
Xavfsizlik | 3 980 603 | 21 995 420 |
uy xodimlari | 3 755 047 | 6 330 762 |
Sport klublari, fitness, go‘zallik salonlari | 3 585 201 | 7 499 964 |