BAAning “Mubadala” va “TAQA” kompaniyalari “Talimarjon” IESga qariyb $1 mlrd sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu bo‘yicha tomonlar o‘zaro bitim imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra, “Talimarjon” IESni boshqaradigan qo‘shma korxona tashkil etiladi.

Xususan, BAA kompaniyalarining investitsiyalari qo‘shma korxonaning $300 mln.lik ustav kapitalidagi 80% ulush uchun to‘lov qiladi.

Bundan tashqari, ilgari “Talimarjon” IES tomonidan jalb qilingan taxminan $700 mln.lik kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Bitim “Talimarjon” IES va boshqa issiqlik elektr stansiyalariga ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Kompaniyalar haqida

Mubadala” Abu-Dabi hukumatiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi.

Uning investitsiya portfeli aerokosmik, agrobiznes, AKT, metallga ishlov berish, tog‘-kon sanoati, kommunal xizmatlar kabi sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Kompaniyaning umumiy aktivlari $250 mlrd.dan oshadi.

TAQA” — bu ADQ investitsiya xoldingiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniya.

Kompaniya aktivlarining umumiy qiymati $80 mlrd.dan ziyod.