Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi hamda yoshlar mehnat guzar auksion savdosiga qo‘yildi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 12,4 mlrd so‘m, zakalat bahosi esa 620 mln so‘mni tashkil etadi.

Bino 2019-yil qurilgan bo‘lib, uch qavat hamda yer to‘ladan iborat. Umumiy maydoni 1337 kv.metr.

Markaz kadastr hujjati bo‘yicha to‘liq xatlangan, ichidagi mol-mulklar esa xatlanmagan hamda 3-qavatning pol qismida ta’mirlash ishlari yakunlanmagan.


Lotda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 17-oktabr kuni soat 09:00ga qadar qabul qilinadi hamda xuddi shu kuni soat 10:00da savdo boshlanadi.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.


Avvalroq Surxondaryodagi gaz quyish shaxobchasi auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Lotning boshlang‘ich narxi 13,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.