Tadbirkorlarning 73%i yaqin uch oy ichida O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish istiqbollarini ijobiy baholamoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublikadagi korxonalar o‘rtasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi.

Avgust oyida 1500 dan ortiq korxona quyidagi yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etdi:

  • biznesning hozirgi holatini sifatli baholash;
  • tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesni rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi avgust oyida iyulga nisbatan 11 punktga yaxshilanib, 64 punktni tashkil etdi. Bu esa mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi.

Jamlangan indeksning yaxshilanishiga qishloq xo‘jaligida (45 dan 65 punktgacha o‘sish) va sanoatda (47 dan 67 punktgacha) ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 63 punktda o‘zgarishsiz qoldi.


Avvalroq “Spot” aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayotgani haqida yozgandi.