21-sentabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilinishi fonida Rossiyadan ayrim xalqaro yo‘nalishlarga aviachiptalar narxi 10−15 baravarga qimmatlashgan.

“Kommersant” nashri bir nechta aviakompaniyalarning chiptalar narxini tahlil qildi.

Xabarga ko‘ra, talab va narxlarning o‘sish dinamikasi umumiy ma’noda mart oyi boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichni takrorlagan.

Aviachiptalarni bron qilish bozoridagi nashr manbasining aytishicha, 21-sentabrdagi reyslarga talab so‘nggi haftalardagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan uch baravar oshgan.

Rossiyalik fuqarolar Dubay, Yerevan, Ostona va Istanbulga keyingi bir necha kunga barcha aviachiptalarni sotib olishgan.

Shu bilan birga O‘zbekistonga aviachiptalar sotib olinishida ham yuqori dinamika kuzatilgan.

Shu o‘rinda “Spot” Rossiyadan O‘zbekistonga reyslar va ularning narxlarini tekshirdi.

Uzbekistan Airways” saytida Rossiyaning Domodedovo aeroportidan O‘zbekistonga uchish uchun chiptalarni faqat 28-sentabrdan sotib olish mumkin.

Aviasales” saytida ham 22-sentabrdan 27-sentabrgacha chiptalar mavjud emasligi ko‘rsatilgan. O‘zbekistonga chiptalarni faqat 28-sentabrdan xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” xorijdagi rossiyaliklarning mikrokreditga talabi ortib borayotgani haqida yozgandi.