Markaziy Osiyolik xotin-qizlarga mo‘ljallangan “Tumaris.Hack” hakatonida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi, xabar beradi “IT Park” matbuot xizmati.

Hakaton uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi:

  • fintech — moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan yoki ushbu sohadagi muammolarni hal qiladigan ilovalar, veb-saytlar yoki samarali algoritmlarni ishlab chiqish;
  • elektron tijorat — sohadagi innovatsiyalar, ularning joriy etilishi, onlayn sotuvlar va eksport hajmini oshirish hamda mahalliy va tashqi bozorlarda tovarlarni ilgari surishda yordam berishi kerak;
  • deeptech — sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, robototexnika va yangi materiallardan foydalangan holda mahsulotlarni ishlab chiqish.

Ishtirok etish uchun arizalar ham jamoaviy (3 kishigacha), ham yakka tartibda topshirilishi mumkin (yakka tartibda ariza bergan ishtirokchilar kelgusida jamoalarga shakllantiriladi).

Hakatonning umumiy mukofot jamg‘armasi $8000 ni tashkil etadi.

Tadbir 4−6 noyabr kunlari onlayn formatda o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 1-noyabrga qadar havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tumaris.Hack” — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston qizlari uchun mo‘ljallangan onlayn tanlov. Uning doirasida ishtirokchilar mentorlar ko‘magida ikki kun davomida ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechishga mo‘ljallangan mahsulotlarning tajriba namunalarini ishlab chiqishi kerak.

Loyihalar jamiyat va iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lishi, ilmiy va texnologik yangiligi bilan ajralib turishi va turli nizomlar asnosida ishlashi lozim.