Joriy yilning sentyabr holatiga milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi 22,2%ni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bank statistikasida keltirilgan.

Mazkur ko‘rsatkich joriy yilning avgust holatiga 2%ga kam — 22,4%.

Biroq o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,2%ga (21,4%) ko‘tarilgan.

Joriy yil boshida milliy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkasi 21,5%ni tashkil etgan.

Chet el valyutasidagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi uch oylik barqarorlikdan so‘ng 7,4%ga ko‘tarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 6,2% bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil boshida 6,4%ni tashkil etgan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistondagi iste’mol kreditlari haqida yozgandi.