Avvalroq xorijdan O‘zbekistonga 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi hamda 100 ta yangi turdagi yo‘lovchi vagonlari xarid qilinishi haqida xabar berilgandi.

O‘rganishlar viloyatlar ichidagi harakatlanuvchi poyezdlarga ehtiyoj katta ekanligini ko‘rsatmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” e’lon qilgan tender jarayonlarida “Stadler”, “Hyundai”, “Siemens”, “Talgo”, “Hitachi” kabi kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Tender natijasida ishlab chiqaruvchilardan kelib tushadigan takliflar tahlil qilinib, shulardan eng yaxshisi tanlab olinadi.

Mamlakatga 34 ta elektropoyezdni xarid qilish natijasida quyidagi 8 ta yangi yo‘nalishda qatnov amalga oshiriladi:

  • Toshkent-Jizzax-Toshkent
  • Toshkent-Keles-Toshkent
  • Navoiy-Buxoro-Navoiy
  • Samarqand-Jizzax-Samarqand
  • Samarqand-Shahrisabz-Samarqand
  • Samarqand-Qarshi-Samarqand
  • Andijon-Xonobod-Andijon
  • Nukus-Xiva-Nukus

Natijada bir yilda 5,9 mln nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, quyidagi 10 ta mavjud yo‘nalishda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:

  • Toshkent-Xojikent-Toshkent
  • Toshkent-Angren-Toshkent
  • Namangan-Andijon-Namangan
  • Qo‘qon-Andijon-Qo‘qon
  • Toshkent-Guliston-Toshkent
  • Toshkent-Bekobod-Toshkent
  • Termiz-Sariosiyo-Termiz
  • Qarshi-Buxoro-Qarshi
  • Buxoro-Xiva-Buxoro
  • Samarqand-Buxoro-Samarqand

Yangi yo‘nalishlar hamda qo‘shimcha qatnovlar natijasida esa bir yilda 22,4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.