Prezident qarori bilan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.

Hujjat bilan, 2024−2025 o‘quv yiliga qadar institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2026−2027 o‘quv yiliga qadar institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi belgilangan.

Shuningdek, institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi:

  • Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
  • Dizayn studiyasi;
  • Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi.

Institutda o‘qish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida quyidagi mutaxassisiliklar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • To‘qimachilik muhandisligi;
  • To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
  • Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
  • To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni.

Magistratura mutaxassisliklari esa quyidagicha bo‘ladi:

  • To‘qimachilik muhandisligi;
  • To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
  • To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
  • Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
  • To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni;
  • To‘qimachilik mahsulotlari marketingi.

Joriy yilning aprel oyida prezident qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti universitetga aylantirilgandi.

Qarorga ko‘ra, universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:

  • ️Nukus konchilik instituti;
  • ️"Navoiy" ilmiy-texnologiya sanoat parki;

2022/2023 o‘quv yilida:

  • ️Karmana politexnika texnikumi;
  • ️G‘ozg‘on politexnika texnikumi.

2022-yilning iyun oyida Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etilgandi.