Avvalroq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan “Yagona umumrespublika prosessing markazi” (UZCARD)ning 75% davlat ulushi yana xususiy qo‘llarga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.

2022-yil mart oyida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, kompaniyaning ustav kapitalidagi tegishli 75% ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgandi.

Avgust oyida agentlik “UZCARD"ning davlatga tegishli ulushlarini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, 4 nafar ishtirokchi — Kamron Akbarov, Timur Azadov, Obid Agzamxodjayev, Mansur Usmanov tomonidan har biriga 18,75%dan kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushi sotilgan.

Oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha ishtirokchilar bilan 210,1 mlrd so‘mga shartnoma imzolangan.

Natijada joriy yilning sentabr oyida “Davaktiv"ning xususiylashtirish jamg‘armasiga kelib tushgan mazkur mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlangan.