WizzAir Abu Dhabi” aviakompaniyasi BAAdan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi, xabar berdi “Zawya” nashri.

Unga koʻra, Abu-Dabi-Samarqand yoʻnalishidagi aviareys Airbus A321neo samolyotida 13-dekabrdan boshlanadi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlar jadvali:

  • Abu-Dabidan jo‘nab ketish — 6:30, Samarqandga kelish — 10:45;
  • Samarqanddan jo’nab ketish — 11:20, Abu-Dabiga kelish — 13:55.

“WizzAir Abu Dabi” boshqaruvchi direktori Maykl Berluis Markaziy Osiyoni aviakompaniya uchun asosiy o‘sish bozori deb atadi.

Shuningdek, kompaniya sayohatchilar uchun tarixiy shaharlarga arzon reyslarni taqdim etish niyatida.

Aviakompaniya iyul oyida O‘zbekiston bilan muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olgandi.

Avgust oyida esa Fuqaro aviatsiyasi agentligidan mamlakatga uchish uchun ruxsat oldi.


Avvalroq “Spot” “All Nippon Airlines” kompaniyasi Samarqand, Buxoro hamda Urganchga parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida yozgandi.