Yevropada gaz narxi iyun oyidan beri birinchi marta 1000 kub metr uchun $1200 dan pastga tushdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

18-oktabr kuni Niderlandiyadagi “TTF” xabida tabiiy gaz uchun noyabr fyucherslari narxi 5,7%dan ko‘proqqa tushdi.

Bunda 1 MVt/soat uchun 115 yevroga yoki 1000 kub.m uchun $1175 ga pastladi. Bu ko‘rsatkich avgust oyidagi narxdan ikki baravar arzon.

25-avgustda Yevropada gazning birja narxi 8-martdan beri $3200 dan oshgandi. Avgust oyi oxiridan gaz narxi yana pastlay boshladi.

Avvalroq Yevropa Komissiyasi Ittifoqning barcha mamlakatlari oldiga 1-noyabr kuni isitish mavsumi boshlanishidan oldin omborlarnini kamida 80%ga to‘ldirish vazifasini qo‘ygandi.