Markaziy bank joriy yilning 1-oktabr holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.

Muammoli kreditlar hajmi biroz kamayib 17,1 trln so‘m ya’ni 4,7%ni tashkil etadi. Sentabr oyida ularning ko‘rsatkichi 17,4 trln so‘m edi.

Shundan 14,7 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 2,3 trln so‘mi xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Banklarning jami kreditlar ulushi hisobida eng muammoli kreditlar “O‘zagroeksportbank"da kuzatildi.

Mazkur bankning kredit portfeli jami 8 mlrd so‘mni tashkil etib, muammoli kredit ulushi 7 mlrd so‘m — 91,9%ga yetgan.

Sentabr oyida mazkur bankning muammoli kreditlari 94,9%ni tashkil etgandi.

Xususiy banklardan “Turkiston bank” hamda “Hi-Tech bank"ning muammoli kredit ulushi 95% va 93,8%ni tashkil etdi.

7-oktabr kuni Markaziy bank yuqoridagi ikkita bankning litsenziyasini qaytarib olgandi.

Shuningdek, “Ravnaq bank"ning ham muammoli kreditlar hajmi 72,3%ga yetgan. O‘tgan oyda bu ko‘rsatkich 58,5%ni tashkil etgandi.