Ukrainadagi urush tufayli Coca-Cola va Pepsi mart oyidan Rossiyadagi faoliyatini va mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatgandi.

Moskvadagi “Ochakovo” alkogolli va alkogolsiz ichimliklar zavodi O‘zbekiston va Qozog‘istonga CoolCola, Fancy va Street alkogolsiz gazlangan ichimliklar eksportini yo‘lga qo‘ydi, xabar berdi “TACC” kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.

Bu ichimliklar Rossiyani tark etgan Coca-Cola, Sprite va Fanta analoglaridir.

“2022-yil oktabr oyida „Ochakovo“ O‘zbekiston va Qozog‘istonga CoolCola, Fancy va Street’ning birinchi jo‘natilishini amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya xabariga ko‘ra, CoolCola, Fancy va Street ishlab chiqarish 2022-yil mart oyida boshlangan. Shu bilan birga, 125 mln dekalitr alkogolsiz gazlangan ichimliklar ishlab chiqarilgan.

“Eksport bozorlarining rivojlanishi Rossiya bilan bir vaqtda davom etadi. Biz juda ijobiy tendentsiyani ko‘rmoqdamiz va bu yo‘nalishga sarmoya kiritishga tayyormiz”, — dedi kompaniya bosh direktori Yuriy Antonov.


Avvalroq “Spot” Gollandiyaning “Heineken” kompaniyasi Rossiyada Coca-Cola va Pepsi raqobatchisini ishlab chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.