“ICT WEEK” forumi doirasida Samarqand shahridagi Nurobod tumanida “IT Village” majmuasi ochildi.

Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “UZINFOCOM” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Majmua maydoni 300 kv.m bo‘lgan asosiy blok va 60 kv.m texnik blokdan iborat.

Asosiy blokda 60 ta ish o‘rinlari uchun 3 ta o‘quv xonasi, 8 o‘rinli turar-joy bloki, 15 kishilik konferensiya zali mavjud.

Shuningdek, tibbiy yordam punkti, texnik xonalar, aloqa markazi va eko-kinoteatr tashkil etilgan.

Majmuaga haftaning 6 kuni davomida tashrif buyurish mumkin.

Bundan tashqari bu yerda tahsil oluvchi bolalar va maktab o‘quvchilari uchun o‘qish bepul bo‘ladi.

Darslar mahalliy o‘qituvchilar hamda IT universitetlari bitiruvchilari tomonidan o‘tilishi belgilangan.

“Biz yosh o‘g‘il-qizlarning IT-ta'lim olishda qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun bor kuchimizni solishga harakat qilamiz”, — dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.