Joriy yilning 12-noyabr kuni Toshkentda IT bo‘yicha “The Rolling Scopes” konferensiyasi o‘tkaziladi.

Unda “Amazon” va “EPAM” kompaniyalarining mahalliy hamda Germaniya, Polsha, Turkiya hamda Litva davlatlaridan mutaxassislari ishtirok etadi.

Spikerlar AWS, Node.JS, Software Development, TypeScript, Front-end kabi mavzularda chiqish qilishi kutilmoqda.

Konferensiya dasturi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Tadbirda ishtirok etish bepul bo‘lib, ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng konferensiyadagi ishtirokni tasdiqlovchi qo‘shimcha elektron pochta xabarini olish zarur.

Konferensiya Toshkent xalqaro Vestminster universitetida o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.