Avvalroq O‘zbekiston valyuta birjasida fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratilgani haqida xabar berilgandi.

1-noyabr kuni “Asakabank” va “Qishloq qurilish banki” tomonidan ekspiratsiya muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi. Bu haqda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, bazaviy aktivi AQSH dollarining soʻmga nisbatan kursi boʻlgan fyuchers shartnomalari bilan savdolar OʻzRVB tomonidan ishlab chiqilgan (in-house) yangi elektron savdo platformasida tashkil etildi.

OʻzRVB tomonidan taklif etilayotgan ushbu yangi instrument bozor ishtirokchilari uchun valyuta xatarlarini himoya qilish hamda narx oʻzgarishlari evaziga daromad olish imkonini yaratadi, deyiladi xabarda.

Fyuchers savdolari uchun platforma

Valyuta fyucherslari bo‘yicha birja savdolari “ikkiyoqlama uzluksiz” auksion (metching) usulida O‘zRVBning “Rhombus” platformasida amalga oshiriladi.

Valyuta fyuchersi kontraktini oldi-sotdi qilishdan ikkita maqsad ko‘zlangan :

  • valyuta risklarini xedjirlash;
  • spekulyatsiya.

Valyuta birjasida valyuta fyucherslari savdolari AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.