10-noyabr kuni “Apple"ning bozor qiymati $190,9 mlrd.ga oshib, $2,34 trln.ga yetdi, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.

Bu fond bozori tarixidagi Amerika kompaniyasi kapitallashuvining eng sezilarli o‘sishi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Xabarga ko‘ra, “Apple” aksiyalari AQSh fond bozoridagi ko‘tarilish fonida 8,9%lik o‘sishni qayd etdi.

Birjalardagi ijobiy kayfiyat mamlakatda inflyatsiya ma’lumotlarining kutilganidan yumshoqroq bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Bloomberg”.

"Apple" endi kunlik bozor qiymatini oshirish bo‘yicha to‘rtta rekordga ega. Nashrning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich “Amazon"ning fevral oyidagi $190,8 mlrd.lik o‘sishidan oshib ketgan.

Sentabr oyida kompaniya to‘rtta yangi iPhone 14ni taqdim etgandi. Keyinchalik “Apple” ularning ishlab chiqarilishini avvalgi rejalarga nisbatan kamida 3 mln qurilmaga qisqartirishini maʼlum qilgandi.

“Bloomberg"ning ta’kidlashicha, bunday qaror bu turdagi smartfonlarga talabning pastligi bilan bog‘liq.

Kompaniya ham ishlab chiqarishning kamayishi kutilayotganini tasdiqladi, ammo bunga talabning kamligi emas, balki Xitoyda COVIDga qarshi cheklovlar sabab bo‘lgan.