Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijondagi “As Asia textile” kompaniyasining 80% davlat ulushini auksionga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 6,5 mlrd so‘mni tashkil etadi, zakalat puli esa 328 mln so‘m.

Mazkur kompaniyaning ustav kapitali 8,1 mlrd so‘m, asosiy fondlarning balans qiymadi 3,3 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ushbu aktiv bo‘yicha to‘lovlar tegishli hujjat doirasida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirilishi belgilangan.

Arizalar joriy yilning 12-dekabri soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi, savdo jarayoni shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Lot bo‘yicha arizalarni havola orqali berish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Uzbekistan Airways"ni xususiylashtirish jarayoniga “Deloitte” kompaniyasi jalb qilingandi.