Germaniyaning “KfW” banki tomonidan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, bank mablag‘larining umumiy qiymati 11,3 mln yevroni tashkil etib, shundan 10,3 mln yevro bank krediti asosida, qolgan 1 mln yevro esa grant asosida ajratiladi.

Shuningdek, davlat budjeti hisobidan 2,1 mln yevro yo‘naltiriladi.

Bankning qarz mablag‘lari 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 30 yilga ajratiladi.

Mazkur loyihani amalga oshirishda jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik viza muddati uzaytirilib, vaqtincha turar joy bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati ham uzaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha natijasida muassasalar quvvati 4 746 o‘ringa yetkazilib, 23 563 ta ish o‘rni yaratilishi qayd etilgan.


Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki Buxoro va Andijon viloyatlarida tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasiga $240 mln yo‘naltirilishi haqida xabar berilgandi.