O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya mehnat bozoriga jalb etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishni sezilarli darajada o‘zgartiruvchi hukumat qarori e’lon qilindi, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.

Qaror bilan ushbu mamlakatdan mehnat muhojirlari soniga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi.

Shu paytgacha O‘zbekistondan mehnat muhojirlari soni qurilish va agrosanoat majmuasida 11 ming kishidan oshmasligi kerak edi.

Shuningdek, mazkur qarorda mamlakatga kirib kelayotganlar uchun tibbiy talablar ham pasaytirilishi belgilangan.

Endilikda, koronavirus yoki emlash uchun majburiy test o‘rniga ular O‘zbekistonda faqat rossiyalik shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi, ish beruvchilar esa buni tashkil etish xarajatlarini to‘laydi.

Qaror bilan Sanoat va savdo vazirligi tomonidan roʻyxatga kiritilgan yengil sanoatda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi Rossiya yuridik shaxslari tomonidan Oʻzbekistondan ishchilarni yollash imkoniyati beriladi.

Mazkur qaror Ukrainadagi urush tufayli qisman safarbarlik boshlanganidan keyin “Gaydar” Iqtisodiy siyosat instituti tomonidan aniqlangan yengil sanoatda kadrlarning rekord darajadagi yetishmasligi fonida qabul qilingan.

Mart oyida Rossiyada mehnat muhojirlari tanqisligini boshdan kechirayotgani, buning natijasida qurilish sanoatida mehnat muhojirlariga ehtiyoj sezilarli oshgandi.

Joriy yilning olti oyi davomida Novosibirskda oʻzbekistonlik migrantlar koʻpaygani, ular asosan qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida ishlashi ma’lum qilingandi.