Jahon banki 2022-yil uchun “GovTech” yetuklik indeksini yangiladi.

“GovTech” dasturi raqamli hukumatga kompleks yondashuvni aks ettiradi va quyidagi to‘rtta ko‘rsatkich asosida amalga oshiriladi:

  • asosiy hukumat tizimlari indeksi;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi;
  • duqarolarning raqamli ishtiroki indeksi;
  • “GovTech” faollashtiruvchilari indeksi;

Natijalarga ko‘ra, 198 ta mamlakatdan 154 tasi (78%) raqamli hukumat yoki “GovTech” tashabbuslarini ishga tushirgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 147 ta mamlakatda (74%) raqamli transformatsiya muammolarini hal qilish uchun tegishli strategiyalar joriy etilgan.

Reytingda O‘zbekiston 43-pog‘onani zabt etib, raqamli transformatsiyalash hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yetakchi davlatlar “A” guruhiga kiritildi.


Mazkur guruhga 69 ta davlat kiritilgan bo‘lib, yetakchi pog‘onalarni Koreya, Braziliya va Saudiya Arabistoni egallagan.

Shuningdek, “GovTech Enablers” institutsional qo‘llab-quvvatlash indeksida O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinni egalladi.

Unga ko‘ra, mamlakat 2020-yilgi indeks ko‘rsatkichlariga nisbatan 65 pog‘ona yuqorilagan.

Mazkur ko‘rsatkich raqamli hukumat va davlat xizmatlari uchun qulay muhit yaratilishi, raqamli ko‘nikmalar sohasida moslashuvchan yaxlit hukumat yondashuvini o‘rnatish, davlat institutlari, qonunlar himoyasini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq, “Finance Inquirer” nashrining RGCA xalqaro tadqiqot natijalariga koʻra, O‘zbekiston bolalarni MTMga jalb qilish boʻyicha yetakchi davlatlar reytingida birinchi o‘rinni egallagandi.