Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish, davlat bojidan ozod qilish, davlat bojini undirishga aniqlik kiritish kabi yengililklarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, garov, ipoteka, lizing hamda qarz shartnomalarini, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji stavkalari birxillashtirilib, yagona stavka miqdorida belgilandi.

Shuningdek, avtotransport boshqarish uchun ishonchnomalar, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qarindoshligi bo‘lmagan shaxslardan undiriladigan davlat boji miqdori BHMning 3 barobaridan 2 barobariga kamaytiriladi.

Hozir bu turdagi davlat boji BHMning 3 baravari ya’ni 900 ming so‘mni tashkil etadi. Qonun kuchga kirgach esa bu turdagi xizmatlar uchun davlat boji 600 bo‘lishi kutilmoqda.

Ishonchnomalarni Yagona portal orqali rasmiylashtirish mumkin. Bunda amaldagi davlat boji quyidagicha belgilangan:

  • 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10% (90 ming so‘m);
  • 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50% (450 ming so‘m);
  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100% (900 ming so‘m).

Elektron ishonchnomani rasmiylashtirish xizmatidan havola orqali foydalanish mumkin.

Shuningdek, Yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini bu yerdan tekshirish mumkin.