25-noyabr kuni IT-kompaniyalar va startaplar uchun “Qanday qilib hamkorlarni topish va ularga o‘z mahsulotingizni sotish mumkin” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda mentor sifatida savdo va marketing bo‘yicha mutaxassis Timur Xujamurodov “OneApp” loyihasi uchun hamkorlarni qanday topgani haqida gapirib beradi.

Shuningdek, u yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish koʻnikmalarini baham koʻradi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, u o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

Buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

OneApp” — IT-kompaniyalari uchun O‘zbekistondagi yetakchi iqtidorlarni qidirish platformalaridan biri hisoblanadi.

Dunyo boʻylab 1300 dan ortiq kompaniyalar IT-mutaxassislarini yollash uchun mazkur platformadan foydalanadi.


Avvalroq “Spot” startap asoschilari uchun onlayn trening bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 26-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.