Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino va inshootlari sotuvga qoʻyildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Tibbiyot markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan boʻlib, 1990-yilda barpo etilgan.

Umumiy maydoni 39457 kv.mni tashkil etadigan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari mavjud.

Binoning boshlang‘ich narxi 281,7 mlrd soʻm, zakalat puli esa 14 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Auksion 19-dekabr kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kunning 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi qayta sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.