Avvalroq Respublika onkologiya tibbiyot markazining bino va inshootlari sotuvga qoʻyilgani haqida xabar berilgandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur lot savdosi bo‘yicha ayrim xabarlarga munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, tibbiyot markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallari har biri alohida mulkiy majmua sifatida yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun ochiq elektron-onlayn auksionga qo‘yilgan.

Shuningdek, xabarlarda keltirilgan binolarning yer maydoni $3000−4000lik boshlang‘ich bahoda sotuvga qo‘yilgan degan vajlar mutlaqo asossiz, deyiladi xabarda.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu mulkiy majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan baholangan.

Hamda baholash hisobotlari yuzasidan ekspert xulosalar olingan bo‘lib, binolarning tegishliligi bo‘yicha 1 sotix yer maydonining boshlang‘ich bahosi 300−345 mln so‘m ($27−31 ming)ga teng kelmoqda.

Shu o‘rinda, onlayn auksionga qo‘yilgan binolar sotib olgan xaridorlarga Onkologiya markazining yangidan barpo etilayotgan yagona unikal kompleksi qurilish ishlari yakunlangandan keyin topshiriladi.

Bunda respublika onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallari ushbu yangi kompleksga to‘liq ko‘chib o‘tganidan so‘ng, ikki oy muddatda bosqichma-bosqich bo‘shatib berilishi shartlari belgilangan.

Mazkur tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi, deya qo‘shimcha qilgan agentlik.